Yangiliklar

09 May 2025

9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan barcha fahriylarimizni, aziz yurtdoshlarimizni tabriklaymiz!

Albatta ajdodlarimiz hamda urush qaxramonlarini xotirlash yodga olish va ularni e'zozlash xar birimizning burchimizdir.

Shu munosabat bilan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Farg'ona viloyati hududiy boshqarmasi xodimlari urush qaxramonlarini xotirlab motamsaro ona poyiga gulchambar qo'ydilar.
Fashizmga qarshi urushda mardonavor jang qilgan, og‘ir mashaqqat va musibatlarni boshdan kechirgan qahramonlar va xalqimiz asrlar davomida orzu qilgan erkinlik uchun o‘z jonini qurbon qilganlar xotirasi hamisha yodimizdadir albat. Vatanini himoya qilishda jonini fido qilgan, xalq orzu qilgan erkinlik uchun kurashgan milliy qaxramonlarimizni ruhi oldida yana bir bor ta’zim aylaymiz.
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin aziz Vatandoshlar!

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Farg'ona viloyati hududiy boshqarmasi axborot xizmati.

11 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech