Endilikda qishloq xo'jaligi yerlarini sotib olgan g'olib nima ekishni o'zi tanlaydi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.02.2025 yildagi PF-18-son Farmoniga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Namangan, Toshkent va Farg‘ona viloyatlari hududida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ajratishda tajriba-sinovi yo‘lga qo‘yilgan bo'lib, yer uchastkasining boshlang‘ich narxi uning normativ qiymatining 50 foizi miqdorida belgilandi.
Quyidagilarga ruxsat beriladi: - 20 sotixgacha bo‘lgan qismida xizmat ko‘rsatuvchi obyektlar joylashtirish; - 49 yilga ijara huquqi asosida foydalanish; - keyinchalik ijara muddatini uzaytirish; - istalgan qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish; - ekinlarni yetishtirish hamda agrotexnik tadbirlarni o‘tkazish usullarini mustaqil ravishda belgilash; - paxta va g‘alla ekinlarini faqat o‘zi ma’qul deb hisoblagan taqdirdagina yetishtirishi mumkin.
Yer egasiga beriladigan imkoniyatlar: - boshqa shaxsga o‘tkazish (qayta ijaraga berish); - yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish; - ijaraga beruvchining roziligisiz garovga qo‘yish; - garov shartiga muvofiq boshqa shaxslarga erkin sotishi uchun garovga oluvchiga vakolat berish; - kafolatlangan hajmda suv olish; - majburiyat bajarilmagan hollarda yetkazilgan zararlarni talab qilib olish.
Yangi tartib asosida yer uchastkalarini sotib olish uchun onlayn-auksion savdolarida ishtirok eting. Barcha yerlarni ko'rish uchun e-auksion.uz saytiga tashrif buyuring!