“Farg‘ona yog‘-moy” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazish reglamentini va sanoq komissiyasi tarkibini tasdiqlash.
Hurmatli aksiyadorlar!
“Farg‘ona yog‘-moy” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi 2025 yil24 fevral kuni soat 14-00 da Farg‘ona shahar, Me’mor ko‘chasi, 9-uy manzilida o‘tkaziladi. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish uchun jamiyat aksiyadorlarini shakllantirish 2025 yil 18 fevral kungi reestriga asosan amalga oshiriladi. Aksiyadorlarni ro‘yxatga olish 2025 yil 24 fevral kuni soat 13-00 dan 13-30 gacha amalga oshiriladi.
Kun tartibidagi masalalar:
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazish reglamentini va sanoq komissiyasi tarkibini tasdiqlash.
Jamiyat Kuzatuv kengashi a’zolarini saylash.
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishga o‘z shaxsini tasdiqlovchi xujjat, aksiyadorlik vakillari esa yozma ishonchnoma bilan kelishlari lozim.
Yig‘ilishni o‘tkazish bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar olish va unda ko‘riladigan masalalarning xujjatlar bilan tanishish uchun quyidagi manzilga yoki telefon raqamlarga murojaat qilish mumkin.