Yangiliklar

07 May 2026

Ikki avlod uchrashuvi!

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xodimlari hamda tizimda uzoq yillar davomida samarali mehnat qilgan faxriylar ishtirokida “Ikki avlod vakillari uchrashuvi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbir uzoq yillar davomida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tizimida mehnat qilib kelgan faxriy ustozlar hamda xozirda xizmat faoliyatini olib borayotgan xodimlar ishtirokida bo'lib o'tdi.

Tadbirda faxriy ustozlar so'zga chiqib Davlat aktivlarini boshqarish agentligining tarixi va tashkil topishi, faoliyati davomidagi qiyinchiliklar hamda qiziqarli voqealar xaqida so'z ochdilar va yosh avlodga bilim va ko'nikmalari bilan ulashdilar

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Farg'ona viloyati hududiy boshqarmasi axborot xizmati

 

 

8 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech