Yangiliklar

23 Aprel 2026

“Rahbar va yoshlar uchrashuvi” davom etmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2026-yil 24-fevral kuni oʻtkazilgan “Yoshlar bilan ularning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha imkoniyatlarga bagʻishlangan muloqot”da belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida har hafta payshanba kuni “Yoshlar kuni” etib belgilangan.

Navbatdagi uvhrashuv Toshloq tumanida joylashgan "Toshloq tuman 2-son texnikum"da talabalari bilan boʻlib oʻtdi.

An'anaga muvofiq tadbirda mutaxassislar tomonida yoshlarga biznesga birinchi qadam mavzusi ostida malakali mutaxasislar tomonidan kerakli tavsiyalar berildi hamda E-AUKSION savdo platformasidan foydalanish yuzasida master klass o'tkazildi.

Tadbir ochiq suxbat tarzida o'tkazilib yoshlarni o'zlari qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan kerakli javoblarni olishdi.

12 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech