Ру Ўз O'z En

Янгиликлар

15 Июль 2024

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar diqqatiga!

Joriy yilning 19-iyul (juma) kuni soat 10:00 da Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan Fargʻona viloyatidagi xususiylashtirilishi belgilangan davlat aktivlari, jumladan, korxonalardagi davlat ulushlari, boʻsh turgan davlat mulki obyektlari va sotilishi belgilangan yer maydonlari toʻgʻrisida tadbirkorlar va investorlar uchun “Roadshow” taqdimoti oʻtkaziladi.

"Roadshow" taqdimotida Farg'ona viloyatida joylashgan auksion savdolariga chiqarilgan barcha Davlat mulki obyektlari, yer uchastklari, Davlat mulkini ijaraga olish yuzasidan to'liq ma'lumotga ega bo'lasiz hamda o'zingizni qiziqtirgan barcha savollarga javob olishingiz mumkin!

Taqdimotda faol qatnashing va davlat aktivlarini sotib olish uchun qulay imkoniyatni qoʻldan boy bermang!!!


Ma'lumot uchun:

+998 (73) 244-18-47,
+998 (73) 244-18-48

12 Чоп этиш
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech