Yangiliklar

04 Iyul 2025

“Farg‘onadonmahsulot” aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalidagi 0,05 foiz davlat aksiyalari birja savdolariga chiqarilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 21 apreldagi “2025 yil uchun xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida”gi PF-70-sonli farmoni hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Farg‘ona viloyati xududiy boshqarmasining tegishli buyrug‘iga muvofiq “Farg‘onadonmahsulot” aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalidagi 0,05 foiz davlat aksiyalari birja savdolariga chiqarilmoqda.

Aksiyalar soni – 1 000 dona oddiy aksiya;

Bir dona aksiyaning boshlang‘ich narxi – 16 663 so‘m;

Aksiyalar paketining umumiy boshlang‘ich narxi – 16 663 467 so‘m;

Savdo tashkilotchisi – “Toshkent RFB” AJ;

Lotlar soni – 1 ta

Savdolar “Toshkent” RFBning ommaviy savdolarni o‘tkazish uchun mo‘ljallangan platformasi, RO-maydonchasida 04.08.2025 yildan boshlanadi. Talabgorlar investitsiya vositachilari yordamida aksiya paketini sotib olish bo‘yicha o‘z takliflarini berishlari mumkin.
Jamiyat faoliyatiga oid ma’lumotlar va moliyaviy ko‘rsatkichlar bilan www.fargonadon.uz va www.openinfo.uz saytlari orqali tanishish mumkin.

Barcha mahalliy va xorijiy investorlarni birja savdolariga taklif etib qolamiz.

Ma'lumot uchun: (90) 993-95-58 telefon raqami orqali yoki t.me/mulksarmoya telegram kanalidan olishingiz mumkin.

24 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech