Yangiliklar

26 Mart 2026

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Farg'ona viloyati rahbariyati Toshkent Menejment va Iqtsodiyot Instituti Farg'ona kampusi yoshlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2026-yil 24-fevral kuni oʻtkazilgan “Yoshlar bilan ularning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha imkoniyatlarga bagʻishlangan muloqot”da belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida har hafta payshanba kuni “Yoshlar kuni” etib belgilangan.

Mazkur tashabbus doirasida Toshkent Menejment va Iqtsodiyot Instituti Farg'ona kampusi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Farg'ona viloyati rahbariyati ishtirokida talabalar bilan “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” boʻlib oʻtdi.

Tadbirda mutaxassislar tomonida yoshlarga biznesga birinchi qadam mavzusi ostida malakali mutaxasislar tomonidan kerakli tavsiyalar berildi hamda E-AUKSION savdo platformasidan foydalanish yuzasidan master klass o'tkazildi.

 

19 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech