Yangiliklar

15 May 2026

"Davlat qanday shartnoma tuzgan bo‘lsa, shu asosda ishlaganmiz" - Oltiariqlik tadbirkorlar murojaati yuzasidan.

Ommaviy axborot vositalari orqali tarqalgan "Davlat qanday shartnoma tuzgan bo'lsa, shu asosda ishlaganmiz" - Oltiariqlik tadbirkorlar ijara binosi auksionda sotilayotganidan norozi" deb nomlangan sarlavxaga javoban Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Farg‘ona viloyati xududiy boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.

Farg'ona viloyati, Oltiariq tumani, Oltiariq MFY, Tinchlik ko'chasi 7-uy manzilida joylashgan Oltiariq tumani tumani Statistika bo'limining bo'sh turgan bino va inshootlaridan jami 11 nafar fuqarolar ijara asosida foydalanib kelishadi.

Xozirgi kunda mazkur bino O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi PQ-75 qaroriga asosan xususiylashtirilishi belgilangan.

Oltiariq tumani Statisika bo'limi auksion savdolari orqali sotilishidan ijarachilar (N.Axmadjonova va boshqalar) tomonidan noroziliklar yuzaga kelganligi sababli ular tomonidan Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga murojaat qilishgan. Agentlik tomonidan murojaatchilarga davlat mulki obyektining ijaraga olingan qismi baholangan qiymatda to'g'ridan-to'g'ri sotib olish huquqi tartib qoidalari shu kunga qadar bir necha bor tushuntirib kelingan hamda ularning murojaatlariga javob xatlari yuborilgan.

Ya'ni;

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF–70-son Farmoniga asosan tadbirkorlik subyektlari tomonidan "E-auksion" elektron savdo platformasi orqali ijara shartnomalari boʻyicha ijaraga olinganiga kamida besh yil boʻlgan davlat mulki obyektini kapital ta'mirlash, modernizatsiya qilish, tevarak-atrofini obodonlashtirish hamda bino va inshootlarni turli darajada yaxshilash bo'yicha ishlar amalga oshirilgan va ijara to'lovlari o'z vaqtida to'lab kelingan hamda ushbu obyekt xususiylashtirish dasturiga kiritilgan taqdirda, ularga ushbu davlat mulki obyektining ijaraga olingan qismi baholangan qiymatda to'g'ridan-to'g'ri sotib olish huquqi berilishi belgilangan.


Shunga ko'ra, ijaraga olinganlik holati o‘rganib chiqilib, obyekt ijaraga oluvchilar tomonidan (Obyektning 1-qavati 286,1 kv.metr va 2-qavati 40 kv.metr qismi) obyektda kapital ta'mirlash, modernizatsiya qilish, tevarak-atrofini obodonlashtirish va bino-inshootlarni turli darajada yaxshilash bo'yicha ishlar amalga oshirilmaganligi, ish o'rinlari yaratilmaganligi hamda “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali tuzilgan ijara shartnomasiga asosan besh yildan kam muddat foydalanilganligi sababli to'g'ridan-to'g'ri sotish maqsadga muvofiq emasligi ma’lum qilingan.

Shu o'rinda ta'kidlab o'tish kerakki ijara shartnomasining 5.2 bandida - "obyekt" O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Xukumatning xujjatlari, Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish davlat komissiyasining, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari qarorlari asosida xususiylashtirilgan taqdirda, shartnomani muddatidan avval bekor qilib, "obyekt" sotilgan kundan boshlab 5 (besh) ish kuni ichida "obyekt"ni "Balansda saqlovchi"ga qaytarilishi belgilangan.

Bundan tashqari mazkur murojaat yuzasidan Ushbu obyektdan ijara asosida foydalanib kelgan ijarachilar N.Axmadjonova va boshqalar hududiy boshqarmaning buyrug‘ini haqiqiy emas deb topishni so‘rab Farg'ona tumanlararo ma'muriy sudiga ariza bilan murojaat qilishgan. Sudning 2025-yil 1-dekabrdagi 5-1501-2505/1109-sonli hal qiluv qaroriga asosan arizani qanoatlantirish rad qilingan.

Arizachilar N.Axmadjonova va boshqalar Farg'ona tumanlararo ma'muriy sudining 2025-yil 1-dekabrdagi hal qiluv qaroridan norozi bo'lib Farg'ona viloyati ma'muriy sudiga apellyatsiya tartibida shikoyat berishgan. Farg'ona viloyati ma'muriy sudi apellyatsiya instansiyasining 2026-yil 19-fevraldagi qarori hamda Farg'ona tumanlararo ma'muriy sudining 2025-yil 1-dekabrdagi hal qiluv qarorlari o'zgarishsiz, apellyatsiya shikoyati esa qanoatlantirilmasdan qoldirilgan.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Farg'ona viloyati hududiy boshqarmasi axborot xizmati

13 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech