Yangiliklar

16 Sentyabr 2025

Farg'ona tumanida tadbirkorlar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Tadbirkorlar bilan uchrashuv boshida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-70 sonli "2025-yil uchun xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida"gi farmonining mazmun-mohiyati, berilgan imtiyozlar, shuningdek, xususiylashtirilishi belgilangan davlat aktivlari, sotuvdagi yer uchastkalari to‘g‘risida mas’ullar tomonidan batafsil ma’lumot berildi.

Uchrashuv davomida esa tadbirkorlarga auksion savdolarida qatnashish, davlat mulki obyektlari, yer uchastkalarini sotib olish va bo'lib tolash kabi va shunga o'xshagan o'zlarining qiziqtirgan savollariga mutaxassislarimiz tomonidan batafsil ma'lumot berildi.

Uchrashuv so'ngida esa tadbirkorlarga Farg'ona tumanida joylashgan onlayn auksion savdolariga chiqarilgan davlat mulki obyektlari hamda yer uchastklari bilan tanishtirildi.

Hurmatli tadbirkorlar, sizni davlat mulkini obyektlari va yer uchastkalarini sotib olish, auksion savdolarida qatnashish, bo'lib to'lash kabi savollaringiz yuzaga kelganda albatta bizning mutaxassislarimizga murojaat qiling.

 

Ma'lumot uchun:

(73) 244-18-47 - Davlat aktivlari bo'yicha

(73) 244-18-56 - Bo'lib to'lash bo'yicha

(73) 244-18-57 - Yer uchastkalari bo'yicha

23 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech