Kiber jinoyat xavfidan himoyalanish va mehnat jamoasida kibersavodxonlikni ta'minlash yuzasidan seminar bo'lib o'tdi.
So'nggi vaqtlarda davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari, mansabdor shaxslari hamda xodimlari kiberjinoyatlar qurboniga aylanib qolayotganligi bilan bog'liq holatlar ko'payotganligi sababli boshqarma xodimlarini bunday xolatlardan qanday ximoyalanish yuzasidan boshqarmaning axborot xavsizligi bo'yicha mutaxassisi tomonidan bir qator ko'rsatmalar va tushuntirishlar berildi.
Xozirgi kunda asosan "Telegram" va "WhatsApp" orqali bog'lanib, soxta (feyk)xizmat guvoxnomasini rasmini yoki maxsus dasturlar (neyrotarmoqlar) orqali tayyorlangan "yumaloq video" (videoxabar) ko'rinishidagi soxta murojaatlarni yuborib turli baxonalar bilan odamni sarosimaga solib bank kartasi boshqaruvini qo'lga kiritib olishmoqda.
Shu o'rinda eslatib o'tamiz;
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar yoki bank xodimlari tomonidan hech qachon "Telegram" messenjeri va boshqa ijtimoiy tarmoqlar orqalipul talab qilinmasligi yoki boshqa turdagi ko'rsatmalar berilmasligi,xizmat guvoxnomasi tasviri yuborilmasligi,yumaloq videoxabarlar orqali topshiriq berilmasligi, SMS-kodlar yoki parollar umuman so'ralmasligi"oltin qoida" sifatida qabul qilish kerakligini eslatib o'tamiz.