Navbatdagi “Roadshow” taqdimoti Quva tumanida bo'lib o'tdi.
Quva tumanida xususiylashtirilishi belgilangan davlat aktivlari va sotilishi belgilangan yer maydonlari to‘g‘risida tadbirkorlar va investorlar uchun “Roadshow” taqdimoti o‘tkazildi.
Tadbirda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Farg'ona viloyati hududiy boshqarmasi mutaxassislari, "Elektron-onlayn auksionlarni tashkil etish" AJ Farg'ona viloyati vakili, tuman hokimining birinchi o'rinbosari, hokim yordamchilari, hududdagi tadbirkorlar va investorlar ishtirok etishdi.
Tadbir boshida tadbir qatnashchilariga O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-70 sonli "2025-yil uchun xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida"gi farmonining mazmuni-mohiyati, berilgan imtiyozlar, shuningdek, xususiylashtirilishi belgilangan davlat aktivlari, sotuvdagi yer uchastkalari to‘g‘risida mas’ullar tomonidan batafsil ma’lumot berildi.
Tadbir so'ngida esa Quva tumanidagi onlayn auksion savdolariga chiqarilgan davlat mulki obyektlari hamda yer uchastklari bilan tadbir ishtirokchilarini yaqindan tanishtirildi.
Hurmatli tadbirkorlar va ishbilarmonlar diqqatiga o'z hududingizda bo'lib o'tadigan "ROADSHOW" taqdimotlarida qatnashib o'zingizni qiziqtirgan barcha savollarga mutaxassislarimiz tomonida to'liq ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.