Yangiliklar

08 Sentyabr 2025

“Roadshow” tadbirlari shahar va tumanlarda o'tkazilmoqda.

Kuni kecha 05.09.2025 yil kuni Marg'ilon shahri va Qo'shtepa tumanlari uchun xususiylashtirilishi belgilangan davlat aktivlari va sotilishi belgilangan yer maydonlari to‘g‘risida tadbirkorlar uchun “Roadshow” taqdimoti o‘tkazildi.

Tadbir boshida tadbir qatnashchilariga O'zbekiston Respublikasi  Prezidentining PF-70 sonli "2025-yil uchun xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida"gi farmonining mazmuni-mohiyati, berilgan imtiyozlar, shuningdek, xususiylashtirilishi belgilangan davlat aktivlari, sotuvdagi yer uchastkalari to‘g‘risida mas’ullar tomonidan batafsil ma’lumot berildi.

Tadbir so'ngida esa Marg'lion shahri va Qo'shtepa tumanlaridagi onlayn auksion savdolariga chiqarilgan davlat mulki obyektlari hamda yer uchastklari bilan  tadbir ishtirokchilarini yaqindan tanishtirildi.

Hurmatli tadbirkorlar va ishbilarmonlar diqqatiga o'z hududingizda bo'lib o'tadigan "ROADSHOW" taqdimotlarida qatnashib o'zingizni qiziqtirgan barcha savollarga mutaxassislarimiz tomonida to'liq ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.

 

Ma'lumot uchun:

+998 (73) 244-18-47

23 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech